QORAKULDON.UZ

JAMIYAT HAQIDA

Jamiyat to’liq nomi
“QORAKULDONMAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati

Jamiyat joylashgan yeri
O’zbekiston Respublikasi, 200800, Buxoro viloyati, Qorakul tumani, Dustlik mahallasi, Tinchlik ko’chasi, 45-uy

Jamiyat tarixi
1995 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi «O’zdonmahsulot» Davlat Konsernini «O’zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to’g’risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasining 1994 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 88-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Qorakuldonmahsulotlari” davlat korxonasi negizida “Qorakuldonmahsulotlari» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2015 yil – “QORAKULDONMAHSULOTLARI” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.

Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumxo’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi qoiyidagilardan iborat:
– un ishlab chiqarish va sotish;
– omuxta yem ishlab chiqarish va sotish.

Ustav fondi
Jamiyat ustav fondi 600 000 000 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 200 s’m bo’lgan 3 000 000 dona oddiy dona aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo’lingan.

Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv orhani (qonunchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – jamiyat ijroyiya organi, Boshqaruv raisi.Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – Jamiyat Taftish komissiyasi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.

Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni 11,58 gektarni tashkil qiladi. Jamiyat hududida ma’muriy binosi, tegirmon, omuxta-yem sexi va boshqa infratuzilmaviy qabul qilish ombori va boshqa infratuzilmaviy obyektlar mavjud hamda jamiyatda “Yangibozor” don qabul qilish maskani, “Toshkent” don qabul qilish maskani, “Jumabozor” don qabul qilish shaxobchasi, “Yakkatut” don qabul qilish shaxobchasi va  “Guliston” don qabul qilish shaxobchasi mavjud.