QORAKULDON.UZ

Mamlakatimizda 14-15 mart kunlari umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi

To‘yu tantanalar o‘tkaziladigan manzillar qiyofasini bir ko‘z oldingizga keltiring. Hammayoq sarishta, hammayoq ozoda, hammayoq saranjom… Bu — insoning tutumi. Qadimiy taomil. Aslida esa buni odam bolasi tabiatning yo‘rig‘idan o‘rgangan bo‘lsa ajab emas.

Mana, yangilanish fasli kelishi bilan ona-tabiatning o‘zi zaminga sayqal beryapti. Yon-atrofni yashillikka burkamoqda, daraxtlar shoxlariga gulu chechaklar taqayotir. Lekin bahor nafasiga hamohanglik zarur. Tabiatning ishiga ham ko‘mak kerak. “Navro‘z”ning qadimiy falsafasi — shu! Qolaversa, bu umumxalq bayrami oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy xayriya hasharlarining asl mohiyatini ham yaqqol ifoda etadi.

Qadriyatda qadrimiz bo‘lsin, deydi ota-bobolarimiz. Mana, o‘sha qadriyatlarimiz qadr topadigan damlarga sanoqli kunlar qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Obod yurt“ umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Farrux Bo‘taev, O‘zA

uza.uz


Warning: Use of undefined constant php - assumed 'php' (this will throw an Error in a future version of PHP) in /workspace/sites/qorakuldon.uz/wp-content/themes/blogrow/single.php on line 44

Warning: Use of undefined constant php - assumed 'php' (this will throw an Error in a future version of PHP) in /workspace/sites/qorakuldon.uz/wp-content/themes/blogrow/single.php on line 45